Bachadon bo‘yni saratoni bo‘yicha sitologik tasvirlarni sun’iy intellekt yordamida tahlil qilish
CancerAI — sitologik (Pap-test) tasvirlarni tahlil qilib, natijani ehtimollik ko‘rinishida chiqaradigan ilmiy-ta’limiy platforma. Maqsad — erta o‘zgarishlarni tezroq ko‘rish, tushunarli izoh berish va foydalanuvchini shifokor bilan to‘g‘ri muloqotga tayyorlash. Platforma yakuniy tashxis qo‘ymaydi.
Loyiha nimani hal qiladi?
Tibbiyotda eng muhim masalalardan biri — kasallikni imkon qadar erta aniqlash. CancerAI ma’lumotlar tahlili (Data Mining) va mashinaviy o‘qitish usullariga tayangan holda tasvirlardan fenotip/toifani ajratishga yordam beradi. Platforma turli algoritmlar asosida ishlaydi va natijani ehtimollik (foiz) ko‘rinishida ko‘rsatib, foydalanuvchiga sodda izoh beradi. Natija tashxis emas — yakuniy xulosa shifokor tomonidan beriladi.
Foydalanuvchi uchun qulay yondashuv
Natija sodda tilda beriladi: jadval, qisqa izoh va keyingi qadamlar bo‘yicha tavsiya.
Foydalanuvchi va shifokorlar uchun qulay va tushunarli
Biz platformani shunday qildikki, tibbiy terminlarni bilmagan odam ham natijani o‘qib tushuna olsin. Agar skrining natijasi “abnormal” bo‘lsa, bu ko‘pincha erta hujayra o‘zgarishlari bo‘lib, ularni kuzatish yoki davolash mumkin. Eng muhimi — tavsiya etilgan tekshiruvlarni o‘z vaqtida o‘tish va shifokor ko‘rsatmalariga amal qilish. CancerAI natijalari tashxis emas.